Haftar kuchlari Tripolidagi aholi turar-joy punktiga hujum qildi

Aviazarbalar oqibatida 1 kishi halok bo’lgan, 6 kishi jarohatlangan. Yaradorlar orasida yosh bolalar ham bor. Ulardan birining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda.

1331246
Haftar kuchlari Tripolidagi aholi turar-joy punktiga hujum qildi

 

Liviyada isyonchi marshal Xalifa Haftar kuchlariga oid qiruvchi samolyot poytaxt Tripolidagi aholi turar-joy punktiga hujum qildi.

Hujum oqibatida 1 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Liviya milliy kelishuv hukumati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Haftar kuchlari Tripolining Abu Salim hududida tinch aholi yashovchi hududlarga hujum qilgan.

Aviazarbalar oqibatida 1 kishi halok bo’lgan, 6 kishi jarohatlangan. Yaradorlar orasida yosh bolalar ham bor. Ulardan birining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda.

12 dekabrda Xalifa Haftar o‘z armiyasiga Tripoli uchun harbiy yurish boshlashga buyruq bergandi.

Eslatish joizki, Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar besh yildan buyon mamlakat g‘arbidagi koalitsiya kuchlariga qarshi kurashib kelmoqda. U aprel oyida mamlakat poytaxti tomon yurish boshlagandi va 48 soat ichida poytaxtni qo’lga olishini iddao qilgandi.

Ayni vaqtda Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgan. G‘arbda Tripolida 2015 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti ishtirokida tuzilgan bosh vazir Fayz Saroj boshchiligidagi hukumat hukmronlik qiladi va bu hukumat AQSh, Turkiya, Qatar, Italiya hamda G‘arbning boshqa qator davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Abdulla Abdurrahmon as-Soniy boshchiligidagi hukumat esa sharqda joylashgan va bu hukumat Haftar armiyasiga tayanadi.  Sharqiy hukumatni Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Misr qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tripoli , #Haftar kuchlari , #Liviya

Aloqador xabarlar