Qozog’istonda yo’lovchi uchog’i ko’tarilar chog’ida uylar ustiga quladi

Qozog’istonda yo’lovchi uchog’i ko’tarilar chog’ida uylar ustiga qular ekan 15 kishining umriga, 66 kishining sog'ligiga zomin bo'ldi.

1330338
Qozog’istonda yo’lovchi uchog’i ko’tarilar chog’ida uylar ustiga quladi

Qozog’istonda yo’lovchi uchoqlaridan biri ko’tarilish chog’ida yerga qular ekan oqibatida 12 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 53 kishi tan jarohati oldi.

Qozog'iston favqulodda vaziyatlar qo'mitasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Olmota-Nur Sulton qatnovidagi Bek Air havo yo’llariga oidFokker 100 rusumidagi uchoq qulagan.

Olmota shahar hokimi uchoqda 93 kishining borligini ma’lum qildi. Ulardan 8 nafari yosh bola, 5 nafari ekipaj a’zolari bo’lgan.

Voqea chog’ida 12 yo’lovchi jon berar ekan, 53 yo’lovchi tan jarohati olgan.

Voqea yuz bergan nuqtada qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Qozog'iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi voqea sababi aniqlangunga qadar Bek Air firmasi faoliyatlarining vaqtinchalik to’xtatilganligini ma’lum qildi.

Fuqarolik aviatsiya qo’mitasi bayonotida ham falokat sababi aniqlangunga qadar mamlakatda Fokker 100 rusumidagi uchoqlarning qatnovining to’xtatilganligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar