Moskvada Federal xavfsizlik xizmati joylashgan ko‘chada otishma ro'y berdi

Ma’lumotga ko’ra, otishma vaqtida Federal xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri halok bo’lgan. Yaradorlar borligi aytilmoqda.

1326994
Moskvada Federal xavfsizlik xizmati joylashgan ko‘chada otishma ro'y berdi

 

 

Rossiya poytaxti Moskvada Federal xavfsizlik xizmati joylashgan ko‘chada kimligi noma'lum shaxs quroldan o’q uzgan.

Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lum qilgan.

Ma’lumotga ko’ra, otishma vaqtida Federal xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri halok bo’lgan. Yaradorlar borligi aytilmoqda.

Sog’liqni saqlash vazirligi otishma vaqtida 5 kishi jarohatlanganligini tasdiqladi.

Otishma sodir bo’lgan Federal xavfsizlik xizmati binosining atrofi o’rab olingan. Yaqin oradagi ko‘chalar to‘silgan. Xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilgan.

Guvohlarning aytishicha, Federal xavfsizlik xizmati joylashgan ko‘chada bir necha marta qurol ovozi eshitilgan.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, xavfsizlik kuchlari voqea sodir bo’lgan hududda ryugzak sumkasi va ichida qo’lbola bomba topilganligini ma’lum qilgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva markazida sodir bo’lgan otishma haqida prezident Vladimir Putinga ma’lumot berilganligini bildirdi.



Aloqador xabarlar