Tripoli qirg’oqlarining uzoq nuqtasida yana qochqinlar fojiasi yuz berdi

Tripoli qirg’oqlarining uzoq nuqtasida yana qochqinlar fojiasi yuz berdi va bu vafiyat 67 kishining umriga zomin bo’ldi.

1310348
Tripoli qirg’oqlarining uzoq nuqtasida yana qochqinlar fojiasi yuz berdi

O’rta yer dengizining Liviya qirg’og’ining uzoq nuqtasida kecha oqshom soatlarida to’nkarilib ketgan va qochqinlarni tashigan puflangan qayiqdagi 67 kishi jon berdi.

Italiyaning ANSA agentligining O’rta yer dengizidan o’tishga uringanlarga mustaqil ravishda tez yordam ko’magi ko’rsatgan va “Alarmphone” deb nomlangan veb-saytiga tayangan ma’lumotiga ko’ra Liviya poytaxti Tripoli qirg’oqlarining uzoq nuqtasida yangi qochqinlar fojiasi yuz bergan.

Alarmphonega qo’ng’iroq qilgan bir necha baliqchi Liviya qirg’og’idan uzoq nuqtada yuz bergan voqea haqida ma’lumot berib, qochqinlardan 30 nafarining qutqarilganligini, 67 nafarining esa jon berganligini yetkazgan.

Guvohlar esa bu haqidagi ifodalarida baliqchilarning mahalliy vaqt bilan soat 17:00 chog’larida Tripoli qirg’oqlaridan uzoq nuqtada dami chiqib ketgan bitta puflangan qayiq bilan uning atrofida dengizga tushgan ko’plab qochqinga duch kelganliklari haqida aytgan.

Baliqchilarning Liviyadagi Sohil nazorati xizmati xodimlariga yordam uchun qo’ng’iroq qilganligi lekin ular bilan aloqa o’rnatolmaganligi ham ifoda etildi.

 



Aloqador xabarlar