Afg’oniston shimolidagi portlash 5 nafar yosh bolaning hayotiga zomin bo'ldi

Ma’lumotga ko’ra, Faryob viloyati markaziga qarashli Maymana shahri yaqinidagi Gadoi Qal’a hududiga joylashtirilgan bomba yosh bolalar o’ynayotgan paytda portlab ketgan.

1295474
Afg’oniston shimolidagi portlash 5 nafar yosh bolaning hayotiga zomin bo'ldi

 

Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyatiga qarashli Gadoi Qal’a hududida sodir etilgan portlashda 5 nafar yosh bola halok bo’lgan.

Bu haqda Xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Faryob viloyati markaziga qarashli Maymana shahri yaqinidagi Gadoi Qal’a hududiga joylashtirilgan bomba yosh bolalar o’ynayotgan paytda portlab ketgan.

Portlashda 5 nafar yosh bola halok bo’lgan.

Bombaning terroristlar tomonidan joylashtirilganligi taxmin qilinmoqda.

Eslatma: Hodisa ro’y bergan hududda kecha keshqurun “Tolibon” harakati jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma sodir bo’lgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Faryob , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar