AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Afg’onistonga tashrif buyurdi

Afg’oniston poytaxti Kobulga kutilmaganda ziyorat amalga oshirgan AQSh mudofaa vaziri Mark Esper mamlakat prezidenti Ashraf G’ani bilan uchrashdi.

1291741

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvda AQShning Afg’onistondagi favqulodda va muhtor elchisi John Bass hamda NATOning Afg’onistondagi qo’mondoni Scott Miller ham ishtirok etdi.

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Afg’onistonda prezident saylovlari muvaffaqiyatli o’tganligidan mamnunligini tilga oldi.

Esperning ta’kidlashicha, AQSh Afg’oniston xavfsizlik kuchlariga yordam berishni davom ettiradi.

Prezident Ashraf G’ani Afg’onistonga ko’rsatayotgan yordamlari tufayli AQShga minnatdorlik bildirdi.

Afg’oniston prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki yetakchi “Tolibon” harakati bilan tinchlik muzokaralarini o’tkazish mavzusini muhokama qilgan.

Eslatma: Hozirda Afg’onistonda 14 ming Amerika harbiyi NATO safida xizmat qilmoqda.

Aloqador xabarlar