YI va NATO Ukraina va Rossiya o’rtasidagi o‘zaro mahkumlar almashinuvini ijobiy baholadi

“Yevropa Ittifoqi tomonlarni ushbu tashabbus natijasida qo’lga kiritgan ijobiy munosabatni davom ettirishga chaqiradi”,-deyiladi bayonotda.

1265463
YI va NATO Ukraina va Rossiya o’rtasidagi o‘zaro mahkumlar almashinuvini ijobiy baholadi

 

Yevropa Ittifoqi va NATO Ukraina va Rossiya o’rtasidagi o‘zaro mahkumlar almashinuvini ijobiy baholadi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Federika Mogherini yozma bayonot berdi.

“Yevropa Ittifoqi tomonlarni ushbu tashabbus natijasida qo’lga kiritgan ijobiy munosabatni davom ettirishga chaqiradi”,-deyiladi bayonotda.

Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk ham tvitterdagi sahifasida shunday yozdi.

“Rossiyani barcha siyosiy mahkumlarni ozod qilishga va Ukrainaning hududiy yaxlitiga hurmat ko’rsatishga chaqirig’imi takrorlamoqchiman”,-deb yozdi Donald Tusk tvitterda.

NATO kotibi Oana Lungescu: “Bu to’g’ri tashlangan qadam hisoblanadi. NATO Rossiyani Minsk kelishuvi asosida barcha majburiyatlarni bajarishga va barcha siyosiy mahkumlarni ozod qilishga chaqiradi”,-dedi.

Eslatish joizki, Rossiya va Ukraina o’rtasida kecha, 7 sentyabr kuni “35 ga 35” shaklida jami 70 nafar mahkumni almashtirish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ular orasida ukrainalik 24 nafar dengizchi ham bor.

 

 


Tanlangan kalimalar: #mahkum , #Rossiya , #Ukraina , #Yevropa Ittifoqi , #YI

Aloqador xabarlar