Macron va Abdulloh II, Hindistonning Kashmirga bo’lgan munosabatini “noqonuniy” deb baholadi

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Jammu Kashmirdagi oxirgi vaziyat ustidan Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va Iordaniya Qiroli Abdulloh II bilan telefon orqali muloqat qildi.

1260552
Macron va Abdulloh II, Hindistonning Kashmirga bo’lgan munosabatini “noqonuniy” deb baholadi

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Jammu Kashmirdagi oxirgi vaziyat ustidan Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron va Iordaniya Qiroli Abdulloh II bilan telefon orqali muloqat qildi.

Pokiston Bosh vazirligi markaziy apparati ofisi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Hindiston konstitutsiyasidagi Jammu Kashmirga alohida maqom berishni tan olgan 370-moddaning bekor qilinishi ortidan paydo bo’lgan muammo ustidan Fransiya Prezidenti va Iordaniya Qiroli bilan telefon orqali ma’lumot qilgan.

Imron Xonning qayd etishicha ikkala lider ham Hindistonning Kashmirga bo’lgan bu munosabatini “noqonuniy” va “bir tomonli” deb baholagan.

Pokiston Bosh vaziri Macron bilan bo’lgan muloqatida Jammu Kashmir xalqining, Hindiston hukumati tomonidan yo’lga qo’yilgan va aholining ko’chaga chiqishini man etgan taqiqlar yuzasidan katta chetlatilishlarga ma’ruz qolganligini, mintaqadagi inson huquqlari va xavfsizlik masalasidagi muammolarning avj olganligini yetkazgan.

Macron esa muammoning tinchlik yo’li orqali hal qilinishining ahamiyatini ta’kidlagan holda, Fransiyaning mintaqadagi vaziyatni yaqindan kuzatganligini o’z so’ziga ilova etgan.

Pokistonning Afg’onistondagi tinchlik jarayonida o’ynagan ijobiy tusdagi rolidan xursand ekanligini ham yetkazgan Macron bilan Xon, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun hamkorlikni davom ettirishda kelishib olgan.

Qirol Abdulloh II ham muammoning tinchlik yo’li orqali hal qilinishi kerakligini ifoda etgan.



Aloqador xabarlar