Yaponiya AQSh bilan Eron o’rtasidagi taranglikdan xavotirda...

Eron tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko’ra, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe bilan Yokohama shahrida uchrashuv o’tkazdi.

1259796
Yaponiya AQSh bilan Eron o’rtasidagi taranglikdan xavotirda...

 

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Basra ko’rfazida AQSh bilan Eron o’rtasidagi taranglikdan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

Eron tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko’ra, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe bilan Yokohama shahrida uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda Yaqin sharqda AQSh bilan Eron o’rtasidagi taranglikni to’xtatish va Vashington hukumati bir tomonlama bosh tortgan yadroviy kelishuvni saqlab qolish kerakligi qayd etildi.

Kyodo xabar agentligi ma’lum qilishicha, mintaqada Eron va AQSh o’rtasidagi taranglikni to’xtatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni to’xtovsiz davom ettirish kerakligini ta’kidlagan Shindzo Abe: “Yaqin sharqdagi taranglikdan qattiq xavotirdamiz. Yaponiya mintaqada vaziyatni barqarorlashtirish va keskinlikni bartaraf etish uchun sa’y-harakatlarini qat’iyan davom ettiradi”,-dedi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif mintaqadagi vaziyatni yaxshilash uchun ko’rsatgan sa’y-harakatlari munosabati bilan Tehron hukumati nomidan Yaponiya hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Basra ko'rfazi , #taranglik , #AQSh , #Eron , #Yaponiya

Aloqador xabarlar