Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Iordaniya qiroli 2-Abdulloh bilan uchrashdi

Poytaxt Qohiradagi prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilindi.

1244699
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Iordaniya qiroli 2-Abdulloh bilan uchrashdi

 

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy davlat tashrifi bilan mamlakatda bo’lgan Iordaniya qiroli 2-Abdulloh bilan uchrashdi.

Poytaxt Qohiradagi prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilindi.

Iordaniya qiroliyat devonining yozma bayonotiga ko’ra, qirol Abdulloh prezident Baji Kaid as-Sibsiyning vafoti munosabati bilan Tunisga ta’ziya ziyoratini amalga oshirishdan oldin Misrga keldi.

Ikki yetakchi Misr va Iordaniya o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va o’zaro yordamlashuvni davom ettirishga kelishib oldi. Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, Falastin va Al-Qudsdagi vaziyat muhokama qilindi. Ikki yetakchi 1967 yilda chegaralari belgilangan poytaxti sharqiy Quddus bo'lgan Falastin davlatini tashkil qilish uchun Falastin xalqiga yordam berishga kelishib oldi.

Qirol Abdulloh va Abdulfattoh as-Sisiy Isroil ishg’oli ostida bo’lgan sharqiy Quddusda falastinliklarga oid uylarning buzilishiga qat’iyan qarshi ekanligini ta’kidladilar.

 



Aloqador xabarlar