Shvetsiyadagi Turk restoranlaridan biriga qarshi hujum uyushtirildi

Shvetsiyaning Goteberg shahridagi Turk restoranlaridan biriga qarshi qo’lda yasalgan portlaguvchi modda orqli hujum uyushtirildi.

1243460
Shvetsiyadagi Turk restoranlaridan biriga qarshi hujum uyushtirildi

Shvetsiyaning Goteberg shahridagi Turk restoranlaridan biriga qarshi qo’lda yasalgan portlaguvchi modda orqli hujum uyushtirildi.

Restoran sohibi Ismail Yujelning qayd etishicha, liqobli ikki kishi tomonidan kechqurun soat 02:00 da restoranga qarshi qo’lda yasalgan portlaguvchi modda otilgan.

Hududga yaqin nuqtada istiqomat qilgan va portlash ovozini eshitgan restoran xodimlaridan biri tomonidan xabar berilganligini eslatib o’tgan Yujel,

“Biz yetib kelganimizda politsiya xodimlari atrofni o’rab, tekshirish ishlari olib borayotgan edi. Ularning aytishicha aybdorlar internettan to’plagan ma’lumotlari yordamida o’z uylarida bomba yasagan. Liqobli va qora kiyingan 2 kishi eng avvalo yonimizdagi teatr binosining derazalarini sindirgan. Ortidan esa bizning deraza oynalari sindirib, ichkariga bomba tashlagan” deya gapirdi.

Restoranning yopiqligi tufayli jon berganlar yo’qligini ifoda etgan restoran sohibi, portlash ta’sirida oynalarning hammasining singanligini va ichkariga moddiy ziyon yetkazilganligini qayd etdi.

  



Aloqador xabarlar