Srebrenitsa qatliomining yana 33 nafar qurboni bugun tuproqqa berildi

Srebrenitsa qatliomi, Yevropada Ikkinchi Jahon urushi ortidan yuz bergan va insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojiadir.

1234343
Srebrenitsa qatliomining yana 33 nafar qurboni bugun tuproqqa berildi

Yevropada Ikkinchi Jahon urushi ortidan yuz bergan va insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojia sifatida tarix sahifalaridan o’rin olgan, kamida 8 ming 372 nafar bosniyalik musulmonning umriga zomin bo’lgan Srebrenitsa qatliomining 33 nafar qurboni bugun Potocharidagi “Yodgorlik mozori”da tuproqqa berildi.

Qurbonlarni yodga olish marosimida Turkiya nomidan Yoshlar masalasi va sport ishlari bo’yicha vazir Mehmet Muharrem Kasapo’g’lu bilan deputatlar dan tashqari mamlakatdagi xalqaro tashkilot vakillari, siyosiylar, diplomatlar, din olimlari va minglab chet ellik ishtirok etdi.

Ishtirokchilar eski akkumlyator zavodida bo’lib o’tgan marosim ortidan janoza namozi ham o’qiladigan Potocharidagi “Yodgorlik mozori”ga borib, u yerda qatliom qurbonlari qabriga gulchambar qo’yib, duolar qildi.

Peshin namozidan keyin qatliomning 33 qurboni uchun janoza namozini o’qitgan Bosniya va Gertsegovinaning Islom ittifoqi rahbari Husein Kavazovich, Srebrenitsada yuz bergan voqealarni yana bir bor, dunyoning hech qaysi nuqtasida, hech kimning boshiga tushmasligini tilab, duo qildi.

Duolar ortidan qatliomda o’ldirilgan va yillar ortidan ommaviy mozorlardan topilgan 33 nafar qurbonning isimlari birma-bir o’qilib, janozalari yaqinlari tomonidan tuproqqa berildi.  

Bugungi marosim ortidan xotira markazi qabrlaridagi qurbonlar osni 6 ming 643 nafarga yetdi.

Tuproqqa bugun berilgan 33 nafar qurbonlarning eng kishigi 16 yoshida o’ldirilgan Osman Cvrk, eng keksasi esa 82 yoshida o’ldirilgan Saha Cvrk ekanligi ma’lum bo’ldi.



Aloqador xabarlar