Xitoy davlat rahbari Si Tszinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi

Si Tszinpinning ikki kunlik rasmiy tashrifidan maqsad Xitoy bilan Shimoliy Koreya o’rtasida oxirgi paytlarda sovuqlashib borayotgan munosabatlarni yaxshilashdir.

1221716
Xitoy davlat rahbari Si Tszinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi

 

Xitoy davlat rahbari Si Tszinpin davlat tashrifi bilan Shimoliy Koreyaga jo’nab ketdi.

Bu tashrif Si Tszinpinning Xitoy davlat rahbari maqomidagi Shimoliy Koreyaga ilk tashrifi hisoblanadi. 

Shuningdek, bu tashrif Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Si Tszinpinning ikki kunlik rasmiy tashrifidan maqsad Xitoy bilan Shimoliy Koreya o’rtasida oxirgi paytlarda sovuqlashib borayotgan munosabatlarni yaxshilashdir.

Shu bilan birga, Si Tszinpin poytaxt Pxenyanda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va boshqa hukumat vakillari bilan uchrashuv amalga oshiradi.

Xitoy matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi, Taraqqiyot va islohot qo’mitasi rahbari Hi Lifeng va boshqa oliy martabali diplomatlar davlat rahbari Si Tszinpinga hamrohlik qilmoqda.

Si Tszinpin Shimoliy Koreyaga oxirgi marta 2008 yili prezident o’rinbosari sifatida tashrif buyurgandi.

Eslatish joizki, BMT tomonidan Shimoliy Koreyaga yadro dasturi tufayli joriy etilgan ba’zi sanksiyalarning Xitoy tomonidan qo’llab-quvvatlanganligi tufayli ikki davlat munosabatlarida sovuqlik paydo bo’lgandi.

 



Aloqador xabarlar