Chilida gripp virusi tufayli 24 kishi hayotdan ko’z yumdi

Mahalliy sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbari Hektor Munoz ma’lum qilishicha, gripga chalinganlar soni 495dan 690 kishiga yetgan.

1221272
Chilida gripp virusi tufayli 24 kishi hayotdan ko’z yumdi

 

Chilida joriy yilda o’ta yuqumli gripp virusi tufayli 24 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, mamlakatning Bio-Bio va Puerto Mont shahrida yana 2 kishi o’ta xavfli gripp virusidan halok bo’ldi.

Shu bilan joriy yilda mamlakat miqyosida gripp kasalligidan halok bo’lganlar soni 24 nafarga yetdi.

Mahalliy sog’liqni saqlash boshqarmasi rahbari Hektor Munoz ma’lum qilishicha, gripga chalinganlar soni 495dan 690 kishiga yetgan. Virusga chalinganlar nisbati o’tgan yilga nisbatan 41 foiz oshgan.


Tanlangan kalimalar: #virus , #gripp , #Chili

Aloqador xabarlar