Dubaydagi avtohalokatda 17 kishi halok bo‘ldi

Haydovchi avtobus uchun mo‘ljallanmagan trassadan yurgani va yo‘l belgisiga borib urilgani bildirilmoqda.

1214674
Dubaydagi avtohalokatda 17 kishi halok bo‘ldi

 

Dubayda Ummondan qaytayotgan turistik avtobus halokatga uchrashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. 

Avtohalokat 6 iyun kechki vaqt Shayx Muhammad bin Zayd shossesida yuz bergan.

Haydovchi avtobus uchun mo‘ljallanmagan trassadan yurgani va yo‘l belgisiga borib urilgani bildirilmoqda.

Avtobusdagi yo’lovchilardan ba’zilari va haydovchi og‘ir jarohat olgan. Ummon davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobusda jami 31 yo‘lovchi bo‘lgan.

Hozircha yo‘lovchilarning millatlari va voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Avtohalokat yuzasidan tergov harakati boshlandi. Muskat-Dubay yo’nalishidagi barcha avtobus safarlari to’xtatilgan.

Ummon televideniyesida berilgan so’ngi xabarlarda voqeada halok bo’lganlarning 2 nafari ummonlik, qolganlari Osiyo va Yevropa davlatlaridan ekanligi ma’lum qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: #Dubay , #avtohalokat

Aloqador xabarlar