Braziliyadagi qamoqxonalarda 42 ta mahbusning o‘ligi topildi

Amazonas shtatida joylashgan Manaus shahridagi qamoqxonalardan birida esa 26 may kuni sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 15 nafar mahbus halok bo’lgandi.

1209591
Braziliyadagi qamoqxonalarda 42 ta mahbusning o‘ligi topildi

 

Braziliya shimolida joylashgan Amazonas shtatidagi uchta qamoqxonada 42 ta mahbusning o‘ligi topildi.

Amazonas shtatida joylashgan Manaus shahridagi qamoqxonalardan birida 26 may kuni sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 15 nafar mahbus halok bo’lgandi.

Kecha esa, o’sha shahardagi yana uchta qamoqxonada 42 nafar mahbus o’lik holda topilgan.

Jasadlarning barchasida bo‘g‘ish alomatlari qayd etilgan.

Adolat va aholi tinchligini saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, hozirda to‘rttala qamoqxonadagi vaziyat nazoratga olingan. Qamoqxonalarga qo’shimcha maxsus kuch safarbar etilgan.

Qamoqxona xodimlari tartibni tiklashga muvaffaq bo‘lishgan, qamoqxonadan qochish holatlari qayd etilmagan.

Xuddi shu qamoqxonada 2017 yilning yanvarida ham g‘alayon ko‘tarilgan edi. Oqibatda mahbuslarning 56 nafari halok bo‘lgan, qariyb 130 nafari qochib ketgan. Tartibsizliklar 17 soat davom etgan edi.

Hozirda Braziliya qamoqxonalarida 730 mingdan ortiq mahbuslar jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lib, bu ularga ajratilgan joydan 50 foiz ko‘p.

Mahbuslarning qoniqarsiz sharoitlarda saqlanayotgani ko‘pincha tartibsizliklar kelib chiqishiga olib kelmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Braziliya , #qamoqxona , #mahbus , #Amazonas

Aloqador xabarlar