Yaponiyada boshlang’ich maktab o’quvchilari hujumga uchradi

Poytaxt Tokio yaqinlaridagi sanoat shahri Kavasakida pichoq bilan qurollangan shaxs bekatda avtobus kutib turgan bir guruh boshlang’ich maktab o’quvchilariga hujum qilgan.

1209391
Yaponiyada boshlang’ich maktab o’quvchilari hujumga uchradi

 

Yaponiyaning Kavasaki shahrida pichoq bilan qurollangan shaxs boshlang’ich maktab o’quvchilariga hujum qildi.

Voqeada bir o’quvchi halok bo’ldi, 16 kishi yaralandi.

NHK televideniyesining xabariga ko’ra, poytaxt Tokio yaqinlaridagi sanoat shahri Kavasakida pichoq bilan qurollangan shaxs bekatda avtobus kutib turgan bir guruh boshlang’ich maktab o’quvchilariga hujum qilgan.

Guvohlarning aytishicha, taxminan 50 yoshlarda bo’lgan kishi voqea ortidan pichoqni o’ziga urgan.

So’ngra, voqea joyiga politsiya kuchlari yetib kelgan va uni qo’lga olgan.

O’quvchilar orasida og’ir yaralangan bir qizcha halok bo’lgan. Voqeada 16 kishi yaralangan bo’lib, bulardan 3 nafarining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda.

Hujumni sodir qilgan shaxs pichoq zarbasidan so’ng o’lgan. Uning bu hujumni nima sababdan sodir etganligi ma’lum emas.

Tergov davom etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #maktab o'quvchilari , #hujum

Aloqador xabarlar