Vashingtonda, Turkiya-AQSh munosabatlari qo’lga olindi

Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yavuz Selim Kiran Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni qo’lga olish maqsadida hamrohligidagi hay’at bilan birgalikda AQSh poytaxti Vashingtonda.

1205885
Vashingtonda, Turkiya-AQSh munosabatlari qo’lga olindi

Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yavuz Selim Kiran Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni qo’lga olish maqsadida hamrohligidagi hay’at bilan birgalikda AQSh poytaxti Vashingtonda, bir necha kongress a’zosi bilan uchrashuv o’tkazdi.  

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi tomonidan AQSh kongressida uyushtirilgan “Turk-Amerika munosabatlari: Umumiy o’tmish, yangi ko’z qarash” deb nomlangan tadbirda ishtirok etish uchun hozirda Vashingtonda bo’lgan Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yavuz Selim Kiran va hamrohligidagi hay’at, Shimoliy Karolina senati respublikachi Tom Tillis, Florida vakili respublikachi Francis Rooney, Mississippi vakili respublikachi Trent Kelly va Tennessee vakili respublikachi Tim Burchett bilan alohida-alohida uchrashdi.  

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra uchrashuvlarda o’zaro munosabatlardan tashqari Turkiyaning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimi olishi, Suriyada xavfsiz hudud tashkil etish, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa mintaqaviy masalalar qo’lga olindi.

Undan tashqari Fetullahchi terror tashkiloti to’daboshi Fetullah Gulen va ekstraditsiya qilinishi talab qilingan boshqa FETO a’zolari haqidagi jarayon va Turkiyaning bu masala natijasida nimalar kutganligining qo’lga olinganligi qayd etildi.

Uchrashuvlarini bugun ham davom ettirmoqchi bo’lgan hay’at, kongress a’zolaridan tashqari bir necha nodavlat, notijorat tashkiloti va ommaviy axborot vositasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vashington , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar