Indoneziyada 34 mahbus qamoqxonadan qochdi

Tempo gazetasining xabariga ko’ra, politsiya mahbuslardan birini giyohvand modda iste'mol qilgani uchun ushlaganidan so‘ng qamoqxonada tartibsizliklar boshlangan.

1199639
Indoneziyada 34 mahbus qamoqxonadan qochdi

 

Indoneziyaning Siak-Sri-Indrapura shahridagi qamoqxonadan 34 nafar mahbus qochib ketdi.

Tempo gazetasining xabariga ko’ra, politsiya mahbuslardan birini giyohvand modda iste'mol qilgani uchun ushlaganidan so‘ng qamoqxonada tartibsizliklar boshlangan.

Uning qo‘lga olinishiga javoban mahbuslar qamoqxona binosiga o‘t qo‘yishgan va xavfsizlik xizmati xodimlarini toshbo’ron qilishgan. Fursatdan foydalangan 34 mahbus qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo’lgan.

Ma'lumotga ko‘ra, ushbu qamoqxonada jami 648 mahbus mavjud bo’lib, bulardan 34 nafari qochib ketgan. 119 nafari evakuatsiya qilingan.

Politsiya boshlig‘i Ahmad David ma’lum qilishicha, qochishga muvaffaq bo’lgan mahbuslar qidirilmoqda.

Eslatma: O’tgan yilning noyabr oyida ham Indoneziyaning Ache shtatidagi qamoqxonada sodir bo’lgan isyon paytida 113 mahbus qochib ketgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #mahbus , #qamoqxona

Aloqador xabarlar