Dujarric: "Tripolida davom etgan to’qnashuvlar tufayli insoniy holat yaxshi emas".

BMT Bosh kotibi rasmiy vakili Stephane Dujarric, Liviya poytaxti Tripoli va atrofida davom etgan to’qnashuvlar yuzasidan insoniy holatning yaxshi emasligini qayd etdi.

1190934
Dujarric: "Tripolida davom etgan to’qnashuvlar tufayli insoniy holat yaxshi emas".

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi rasmiy vakili Stephane Dujarric, Liviya poytaxti Tripoli va atrofida davom etgan to’qnashuvlar yuzasidan insoniy holatning yaxshi emasligini qayd etdi.

Dujarric, kundalik matbuot anjumanida tinch aholi umr surgan mintaqalarda kuzatilgan keldi-ketdi raketa hujumlaridan hijolatda ekanligini belgilab o’tgan holda,

“Tripolida davom etgan og’ir to’qnashuvlar tufayli insoniy holat yaxshi emas. Qariyb 39 ming kishi o’z uy-joylaridan mahrum bo’ldi” dedi.

To’qnashuvlar yuz bergan mintaqalarda tinch aholining svetsiz va suvsiz qolganligini ifoda etgan Dujarric, tinch aholining himoya qilinishi va ularga gumanitar yordamlarni yetkazib bera olish uchun chora topishga chaqirdi.  

Dujarric, 3 mingdan ortiq muhojir va qochoqning esa Tripoli va atrofidagi to’qnashuvlarda chorasiz qolib ketganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Liviyadagi beqarorlik 2011-yildan beri davom etmoqda. Unda Liviyadagi Milliy kelishuv hukumati qo’shinlari bilan Tripolini qo’lga kiritish maqsadida 4-aprelda hujum qilishni boshlatgan general Halife Hafterning harbiy kuchlari o’rtasida, poytaxt atrofida qattiq to’qnashuv bor.



Aloqador xabarlar