Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurdi

Vladivostok poyezd vokzalida Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Igor Morgulov va shahar meri Oleg Kojemyako tomonidan kutib olingan Kim Chen In sharafiga harbiy marosim o’tkazildi.

1189270
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurdi

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Rossiyaga tashrif buyurdi.

Zirhli poyezdda yo’lga otlangan Kim Chen In boshchiligidagi Shimoliy Koreya delegatsiyasi Vladivostok shahrida rus an'anasiga ko‘ra tuz va non bilan kutib olindi.

Vladivostok poyezd vokzalida Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Igor Morgulov va shahar meri Oleg Kojemyako tomonidan kutib olingan Kim Chen In sharafiga harbiy marosim o’tkazildi.

Kim Chen In “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida tashrifning ikki davlat uchun samarali va muvaffaqiyatli o’tishidan umidvorligini tilga oldi.

“Prezident Putin bilan uchrashuvimizda Koreya yârim orolidagi muammolarni va o’zaro munosabatlarimizni muhokama qilamiz”,-dedi Kim Chen In.

Kim Chen In Rossiyaga birinchi bor kelishi. U azaldan Rossiyaga kelishni orzu qilgan.

Uning so‘zlariga qaraganda uzoq vaqtdan beri Rossiyaga kelishni orzu qilgan, ammo prezident bo’lgandan 7 yil o’tgandan keyingina bunday imkoniyat tug‘ilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ertaga 25 aprel kuni Vladivostok shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Putin “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun Xitoyga jo’nab ketadi.

Kim Chen In esa Vladivostokda 26 aprelgacha qolib, shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar