Nepalda samolyotning vertolyotga urilishi oqibatida fojia yuzaga keldi

Fojiada samolyot uchuvchisi va vertolyot yaqinida turgan ikki nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

1182869
Nepalda samolyotning vertolyotga urilishi oqibatida fojia yuzaga keldi

 

Nepalning Lukla shaharchasida joylashgan Tenzing-Hillary aeroportida Summit Air aviakampaniyasiga tegishli kichik yo’lovchi samolyoti parvoz qilayotgan paytda aeroportdagi vertolyotga urilishi oqibatida fojia yuzaga keldi.

Fojiada samolyot uchuvchisi va vertolyot yaqinida turgan ikki nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 4 kishi yaralangan.

Yaradorlar tez yordam vertolyotida Katmandudagi shifoxonaga olib ketilgan.

Sayyohlarga xizmat beruvchi samolyotdagi 4 nafar sayyoh bilan 1 nafar stuardessa fojiada tan jarohati olgan.

Fojiadan so’ng, aeroportda parvozlar vaqtinchalik to’xtatilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nepal , #halokat , #samolyot , #vertolyot

Aloqador xabarlar