Afg’onistonning G’azni viloyatidagi maktabga raketa otildi

Voqeada 4 ta o’quvchi halok bo’lgan, ikki nafar o’qituvchi bilan 10 ta o’quvchi tan jarohati olgan.

1173822
Afg’onistonning G’azni viloyatidagi maktabga raketa otildi

Afg’onistonning G’azni viloyatida joylashgan bir maktabga raketa otilishi oqibatida 4 nafar o’quvchi halok bo’ldi.

Bu haqda G’azni viloyati hokimligi vakili Muhammad Orif Nuri xabar beradi.

Uning matbuotga bergan intervyusida ma’lum bo’lishicha, G’azni viloyatiga qarashli Ander tumanida joylashgan “Nuh bobo” litseyiga dars bo’layotgan paytda raketa kelib tushgan.

Voqeada 4 o’quvchi halok bo’lgan. Ikki nafar o’qituvchi bilan 10 ta o’quvchi tan jarohati olgan.

Raketaning kimlar tomonidan otilganligi ma’lum emas.

Voqea yuzasidan tekshiruv ketmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #G'azni , #maktab , #raketa

Aloqador xabarlar