Donald Trump Golan Tepaliklarida Isroil hukumronligini tasdiqladi

Turkiya, Amerika qo'shma shtatlari Prezidenti Donald Trumning, Golan Teppaliklari ustida Isroil hukumronligini tan olish qaroriga qattiq  norozichilik bildirdi.

1170853
Donald Trump Golan Tepaliklarida Isroil hukumronligini tasdiqladi

 

Turkiya, Amerika qo'shma shtatlari Prezidenti Donald Trumning, Golan Teppaliklari ustida Isroil hukumronligini tan olish qaroriga qattiq norozichilik bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotda, "AQSh boshqaruvining Isroil tomonidan 1967-yildan beri ishg'ol ostida bo'lgan Golan Teppaliklari ustida Isroilning hukumronligini tan olgan qarorini qoralaymiz" deb bildirildi.

Bayonotda, avvalambor 497 (1981) raqamli Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qarori ham bo'lib, xalqaro huquqni oyoqlar ostida olgan bu qarorning, AQSh boshqaruvining Yaqin sharqda yechim emas, muammo yaratgan uslub izlaganini ko'rsatgani bildirildi.

Bayonotda quyidagi ifodalar joy oldi: "Ushbu qaror, Suriya va mintaqada barcha davlatlarning tuproq yaxlitligiga ahamiyat bergan davlatimiz va xalqaro jamoatchilik nazarida hukmi yo'q. Isroilning noqonuniy harakatlarini rasmiylashtirish g'ayratlari bilan hududga barqarorsizlik keltirish o'rniga, BMT qoidalair doirasida va BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga rioya qilish xalqaro jaoatchilikning ham mas'uliyatdir" 

AQSh Prezidenti Donald Trump kecha "Golan Teppaliklari ustida Usroilning hukumronligini AQShning rasmiy ravishda tan olganini" e'lon qilgan prezidentlik qarorini imzolagan edi.

 



Aloqador xabarlar