Pentagon Meksika chegarasiga qo'shimcha 3750 nafar harbiy xizmatchi joylashtiradi

Pentagondan berilgan yozma bayonotga ko’ra, qo’shimcha harbiy xizmatchilarning xizmat muddati 90 kun bilan cheklanadi.

1138113
Pentagon Meksika chegarasiga qo'shimcha 3750 nafar harbiy xizmatchi joylashtiradi

Pentagon noqonuniy migrantlarni mamlakat hududlariga kirishini oldini olish maqsadida Meksika chegarasiga 3750 nafar harbiy xizmatchi joylashtirishini ma’lum qildi.

Bu haqda Pentagondan berilgan yozma bayonotga ko’ra, qo’shimcha harbiy xizmatchilarning xizmat muddati 90 kun bilan cheklanadi.

Harbiylar chegarachilarga qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatib, mamlakat janubi-g‘arbiy chegarasida uch oy davomida xizmat qiladi.

Pentagon ma’lum qilishicha, Amerika-Meksika chegarasida bo‘lib turgan kuch tuzilmalari bundan avval yuborilgan harbiylar bilan birga umumiy soni 4350 kishiga yetgan.

Qo’shimcha harbiy xizmatchilar Lotin Amerika davlatlaridan yo’lga otlanib, Meksika chegarasidan AQSh hududiga o’tmoqchi bo’lgan noqonuniy migrantlarni oldini olish uchun chegarachilarga yordam beradi. Ayni vaqtda mobil kuzatish vazifasini o’taydi.

Hozirda mudofaa vaziri lavozimini vaqtinchalik bajarib turgan Patrick Shanahan o’tgan hafta chegaraga minglab harbiy joylashtirilishini ma’lum qilgandi.

AQSh mudofaa vazirligi maslahatchisi John Roodning ta’kidlashicha, o’tgan hafta bir majlisda ichki ishlar vazirligi vakili 12 mingdan ortiq migrant o’rin olgan ikki karvon AQShga tomon yo’lga otlanganligi aniqlanganligini ma’lum qilgandi.

Eslatma: Pentagon noyabr oyida O’rta Amerikadan AQShga tomon kelayotgan migrantlar karvoniga qarshi kurashish uchun Meksika chegarasiga 5900 harbiy joylashtirgan edi.

Xizmat muddati 15 dekabrdan 31 yanvargacha uzaytirilgan harbiylarning bir qismi ortga qaytgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pentagon , #AQSh , #Meksika , #chegara , #migrant

Aloqador xabarlar