Yamanda 4 yil ichida taxminan 6700 bola nobud bo’lgan

Bu haqda BMT Bolalarga yordam fondi UNICEFning Yamandagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

1136119
Yamanda 4 yil ichida taxminan 6700 bola nobud bo’lgan

Yamanda 4 yil ichida taxminan 6700 bola nobud bo’lgan.

BMT Bolalarga yordam fondi UNICEFning Yamandagi vakolatxonasi ma’lum qilishicha, ichki urush boshlangan 2015 yildan buyon 6700 bola nobud bo’lganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, 358 ming bola yetarsiz oziqlanish oqibatida turli kasalliklarga chalingan va bu bolalarning darhol davolanishi kerakligi ma’lum qilingan.

Bolalarning nobud bo’lishiga olib kelayotgan hujumlar darhol to’xtatilishi kerak.  

Hozirda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan qo’llab quvvatlangan Yaman hukumat qo’shini bilan Husiylar o’rtasida kuchli jang ketmoqda. Tabiiy ravishda bu urushdan begunoh insonlar jabrlanmoqda.

BMTga ko’ra, Yamanda urush tufayli 14 mln kishi qahatchilik tahlikasiga uchramoqda. Bu esa, mamlakat aholisining yarmiga to'g'ri keladi.

Mamlakatda 22 mlndan ziyod aholi insonparvarlik yordami va himoyaga muhtoj.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #UNICEF , #Husiylar , #BMT , #bolalar

Aloqador xabarlar