Qatar suriyalik muhojirlar uchun 50 million dollar ajratdi

Qatar, dunyoning turli davlatlaridagi suriyalik muhojirlarga gumanitar yordam berish niyatida.

1127016
Qatar suriyalik muhojirlar uchun 50 million dollar ajratdi

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy dunyoning turli davlatlaridagi suriyalik muhojirlarga gumanitar yordam tariqasida 50 million dollar ajratib berilishi uchun buyruq berdi.

Mazkur mablag’ favqulodda yordam paketi va Qatar taraqqiyot jamgʻarmasi orqali Turkiya, Livan va Iordaniyadagi suriyalik muhojirlarga yetkazib beriladi.

Yordam, Suriyada o’z uy-joyidan mahrum bo’lgan kishilarga atab bir necha taraqqiyot dasturi doirasida ham foydalaniladi.  

Suriyada o’z uy-joyidan mahrum bo’lganlarga 20, Turkiya va Livandagi muhojirlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari uchun 10 million dollardan ajratib beriladi.

Livandagi muhojirlar uchun ajratilgan 10 million dollarning 1.5 millionlik bo’lagi Qatar xayriya tashkiloti tomonidan boshlatilgan “Arsalga yordam bering” aktsiyasini qo’llab-quvvatlash uchhun ajratiladi.


Tanlangan kalimalar: #gumanitar yordam , #suriyaliklar , #Qatar

Aloqador xabarlar