Afg’onistonning Faryob viloyatida Tolibonga qarshi harbiy operatsiya o’tkazildi

“Faryob viloyatida Tolibonga qarshi quruqlikdan va havodan harbiy operatsiya o’tkazildi. Jangovar operatsiyada 29 jangari yo’q qilindi. Bulardan ikki nafari Eron fuqarosi ekanligi aniqlandi”,-deyiladi bayonotda.

1117834
Afg’onistonning Faryob viloyatida Tolibonga qarshi harbiy operatsiya o’tkazildi

Afg’onistonning Faryob viloyatida Tolibonga qarshi harbiy operatsiya o’tkazildi.

Operatsiyada taxminan 29 tolib o’ldirildi.

Bu haqda Afg’oniston qurolli kuchlari yozma bayonot berdi.

“Faryob viloyatiga qarashli Shirin Tegob va Xoja Sabzposh tumanlarida Tolibonga qarshi quruqlikdan va havodan harbiy operatsiya o’tkazildi. Jangovar operatsiyada 29 jangari yo’q qilindi. Bulardan ikki nafari Eron fuqarosi ekanligi aniqlandi”,-deyiladi bayonotda.

Ma’lumotga ko’ra, operatsiyada 4 harbiy tan jarohati olgan.

Avvalroq, matbuotda Eronning Afg’onistondagi Tolibon a’zolariga har tomonlama yordam berayotganligi haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, Tolibon safida Eron fuqarolarining ham borligi birinchi bor isbotlandi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Faryob , #Tolibon , #operatsiya

Aloqador xabarlar