Bahrayn 7 yil oradan so’ng Suriya poytaxti Damashqda takror o’z elchixonasini ochdi

Elchixona Suriyadagi urush tufayli 2011 yilda o’z faoliyatini to’xtatgan edi.

1114975
Bahrayn 7 yil oradan so’ng Suriya poytaxti Damashqda takror o’z elchixonasini ochdi

BAA kabi Bahrayn ham 7 yil oradan so’ng Suriya poytaxti Damashqda takror o’z elchixonasini ochdi.

Bu haqda Bahrayn tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Damashqda Bahrayn elchixonasi takror o’z faoliyatini boshladi”, deyiladi bayonotda.

Elchixona Suriyadagi urush tufayli 2011 yilda o’z faoliyatini to’xtatgan edi.

Bayonotga ko’ra, Bahrayn Suriya bilan munosabatlarni davom ettirmoqchi. Shu bilan birga, Manamadagi Suriya elchixonasi ham o’z faoliyatini davom ettirmoqda va ikki mamlakat o’rtasidagi havo safarlari to’xtovsiz davom etmoqda.

BAA ham kecha Suriya poytaxti Damashqdagi elchixonasi takror o’z faoliyatini boshlaganligini ma’lum qilgandi.

Eslatma: Suriya rejimi o’tgan oydagi bayonotida, arab mamlakatlari Damashqdagi elchixonalarini qayta ochgan taqdirda, bundan mamnun bo’lishini ma’lum qilgandi.

Suriyada 2011 yilda boshlangan urush tufayli 30 dan ortiq davlat Suriyadagi elchixonalarini yopgan edi, ba’zilari elchixonasini Bayrutga ko‘chirgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Damashq , #BAA , #Bahrayn , #elchixona

Aloqador xabarlar