Yamanda hukumat kuchlari bilan Husiylar o’rtasida sulh bitimi kuchga kirdi

Yaman tashqi ishlar vaziri Halid al-Yamaniy Hudeyda shahrida sulh bitimi kelishuvi 18 dekabr seshanba kuni kuchga kirishini ma’lum qilgandi.

1108879
Yamanda hukumat kuchlari bilan Husiylar o’rtasida sulh bitimi kuchga kirdi

Yamanning Hudeyda shahrida to’qnashgan tomonlar o’rtasida sulh bitimi kuchga kirdi.

BMT nazoratida Shvetsiyada bo’lib o’tgan muzokaralar yakunida yamanlik tomonlar o’rtasida o’zaro kelishuv tuzildi.

Mazkur kelishuvga binoan, Hudeyda shahrida mahalliy vaqt bilan soat 00:00da sulh bitimi rasman kuchga kirdi.

Ma’lumki, Hudeyda shahri va unda joylashgan port Yaman xalqi uchun katta ahamiyatga molik.

Kelishuvga binoan, BMT portda yetakchi ro’lini zimmasiga oladi, Yamanga gumanitar yordam olib kelinishiga imkon beriladi va shu bilan birga, millionlab aholining hayot standardlari yaxshilanadi.

Eslatish joizki, kecha Hudeyda shahrida hukumat kuchlari bilan Husiylar o’rtasida bir haftadan beri davom etib kelayotgan to’qnashuvlar avj olgan edi.

Yaman tashqi ishlar vaziri Halid al-Yamaniy Hudeyda shahrida sulh bitimi kelishuvi 18 dekabr seshanba kuni kuchga kirishini ma’lum qilgandi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterres 13 dekabr kuni Shvetsiyada yakunlangan Yaman muzokaralaridan so’ng matbuotga brifing bergandi.

U brifingda Yaman xalqi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan Hudeyda shahri va porti uchun tomonlar o’zaro kelishib olganligini ma’lum qilgan edi.

Tomonlar sulh bitimi qoidalariga to’la amal qilishga va’da berar ekan, shaharda sukunat hukmronligi kuzatiladi.


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #sulh bitimi , #Husiylar

Aloqador xabarlar