Bahraynda amerikalik harbiy Skott Stirniy jonsiz holda topildi

“AQShning Yaqin sharqdagi dengiz kuchlaridan mas’ul 5-flot qo‘mondoni, admiral Skott Stirniy 1 dekabr kuni Bahrayndagi qarorgohida o‘lik holda topildi”,-deyiladi bayonotda.

1098757
Bahraynda amerikalik harbiy Skott Stirniy jonsiz holda topildi

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 5-floti qo‘mondoni admiral Skott Stirniy Bahrayndagi uyida jonsiz holda topildi.   

AQSh dengiz flotining Tvitterdagi sahifasida mavzuga doir bayonot berildi.

“AQShning Yaqin sharqdagi dengiz kuchlaridan mas’ul 5-flot qo‘mondoni, admiral Skott Stirniy 1 dekabr kuni Bahrayndagi qarorgohida o‘lik holda topildi”,-deyiladi bayonotda.

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining jinoiy tergov xizmati va Bahrayn ichki ishlar vazirligi amerikalik harbiyning bevaqt o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda.

Bu bosqichda voqeaning bir jinoyat emasligi aytilmoqda.

Stirniy 1984 yildan buyon harbiy uchuvchi sifatida xizmat qilib kelgan. U AQSh harbiy kontingentining Afg‘onistondagi faoliyatida ishtirok etgan. 5-flotga 2018 yilning may oyidan qo‘mondonlik qila boshlagan. Bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Bahrayn AQSh beshinchi flotining asosiy joylashish punkti hisoblanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Bahrayn , #Skott Stirniy , #5-flot

Aloqador xabarlar