Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon Bahraynda

Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi ortidan birinchi marotaba chet elga tashrif uyushtirdi.

1095176
Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon Bahraynda

Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi ortidan birinchi marotaba chet elga tashrif uyushtirdi va shu doirada bugun mazkur tashrifining ikkinchi bekati hisoblangan Bahraynda.

Saudiya Arabistonining rasmiy axborot agentligi SPA tarqatgan ma’lumotga ko’ra poytaxt Manamaga yetib borgan saudiyalik valiaxd Muhammad bin Salmon u yerda Bahrayn Qiroli Hamed bin Iso tomonidan kutib olindi.

Aytib o’tish joizki Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon o’tgan haftaning payshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo’lgan edi.

Saudiyalik shahzoda Birlashgan Arab Amirliklarida 3 kun mehmon bo’ldi.

Bundan keyingi chet elga bo’lgan tashrifining qayerga qaratilganligi hali hanuz noma’lum.



Aloqador xabarlar