Misturaning vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshiriladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshiriladi.

1078755
Misturaning vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshiriladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili vazifasi Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersanga topshiriladi.

BMTdagi diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra BMT Bosh kotiib Antonio Guterres Suriya bo'yicha maxsus vakillik vazifasi uchun norvegiyalik diplomat Pedersanni nomzod etib ko’rsatdi.

Guterres tomonidan BMT Xavfsizlik kengashi nomidan nomzod etib ko’rsatilgan Pedersen haqida yozgan manbaalarning qayd etishicha Rossiya va kengashning boshqa a’zolari norvegiyalik diplomatning mazkur vazifaga kelishiga iliq qaramoqda.

Pedersen, BMT Xavfsizlik kengashidagi nomzodligi tasdiqlangudek bo’lsa unda u mazkur vazifani yuritgan to’rtinchi maxsus vakil bo’ladi.

Norvegiyaning Xitoydagi elchisi Geir O. Pedersan avval Norvegiyaning Nyu-Yorkda BMT doimiy vakili, Livanda esa BMTning oliy darajali rasmiy vakili vazifasida ishlagan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura mazkur vazifadagi 4 yillik faoliyati ortidan bu oyning oxirida amaldagi vazifasidan ketishini ma’lum qilgan edi.

Suriya bo'yicha maxsus vakillik vazifasiga 2014-yili tayin qilingan Mistura, o’z vazifasini sobiq Jazoir Tashqi ishlar vaziri Lahdar Brahimidan qabul qilib olgan edi.

Lahdar Brahimidan oldin Suriya bo'yicha maxsus vakillik vazifasini sobiq BMT Bosh kotibi Kofi Annan yuritgan edi.



Aloqador xabarlar