Iroqda ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 111 ming kishiga yetdi

Bu haqda Iroq inson huquqlari bo'yicha oliy komissarining Basra shahridagi ofisi xodimlari ma’lum qildi.

1069056
Iroqda ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 111 ming kishiga yetdi

Iroqda ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 111 ming kishiga yetdi.

Bu haqda Iroq inson huquqlari bo'yicha oliy komissarining Basra shahridagi ofisi xodimlari ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat janubidagi Basra viloyatida maktablarning ochilishi bilan ko’plab o’quvchilarda suvdan zaharlanish holatlari kuzatilgan. Markaziy va mahalliy hokimiyatdan bu masala bo'yicha aniq va jiddiy chora ko’rilishi talab qilinmoqda.

Bu holat bir necha oydan beri davom etishiga qaramay, hamon aniq chora ko’rilmagan.

Sog’liqni saqlash vazirligi esa, zaharlanish holatlari o’tgan oyga nisbatan ancha kamayganligini aytmoqda.

Davlat neftining taxminan 80%iga ega bo’lgan Basra viloyati 8 iyuldan 7 sentyabrgacha katta namoyishlarga va noxush voqealarga guvoh bo’lgan edi.

Basra aholisi 8 iyulda suv va elektr ta’minotidagi uzilishlarga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etgan edi. Bu ham yetmagandek, endi ichimlik suvi tanqisligi yuzaga keldi.

Basrada taxminan 2 oy davom etgan namoyishlarda 30dan ortiq kishi halok bo’lgan edi, 700dan ortiq inson jarohatlangan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Basra , #zaharlanish

Aloqador xabarlar