Indoneziyada 1425 nafar mahbus qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo'lgan

Tegishli vakillar qochishga muvaffaq bo’lgan mahbuslarni darhol qamoqxonaga qaytishga chaqirib, ularga 1 hafta muhlat bergan.

1060174
Indoneziyada 1425 nafar mahbus qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo'lgan

Shu yilning 28 sentyabr juma kuni Indoneziyaning Sulavesi orolida ro’y bergan 7.4 ballik zilzila va tsunami falokati oqibatida qamoqxonalar ham vayron bo’lgan.

So’ngi ma’lumotga ko’ra, qamoqxonalardan jami 1425 nafar mahbus qochishga muvaffaq bo’lgan.

Bu haqda Adolat vazirligi xodimi Sri Puguh Budi Utami ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Donggala va Palu shaharlarida 1425 mahbus zilzilada vayron bo’lgan qamoqxonalardan qochib ketgan.

Sulavesi oroli hududidagi qamoqxonalarda jami 3220 nafar mahbus mavjud bo’lib, hozirda ulardan faqatgina 1795 nafarigina qolgan xalos.

Tegishli vakillar qochishga muvaffaq bo’lgan mahbuslarni darhol qamoqxonaga qaytishga chaqirib, ularga 1 hafta muhlat bergan.

Bu muhlat tugagach, xavfsizlik kuchlari qidiruv ishlarini boshlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #mahbus , #qamoqxona , #zilzila

Aloqador xabarlar