Filippinda jinoyatga qo’l urgan politsiya xodimlari o’lim jazosiga mahkum etiladi

Duterte:“Agar, bir kun kelib politsiyachilar o’lim jazosiga mahkum etiladigan bo’lsa inson huquqlari toptaldi deya bizga g’azablanmang! Chunki, men oldindan ogohlantirdim”,-dedi.

1028042
Filippinda jinoyatga qo’l urgan politsiya xodimlari o’lim jazosiga mahkum etiladi

Filippin davlat rahbari Rodrigo Duterte jinoyatga qo’l urgan politsiya xodimlarining o’lim jazosiga mahkum etilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, prezident Duterte prezidentlik saroyida turli jinoyatlarga aralashganligi iddao qilingan 102 nafar politsiya xodimi bilan shaxsan uchrashuv o’tkazgan.

Uchrashuvda takror xatoga yo’l qo’ygan taqdirda, o’lim jazosiga mahkum etilishi to’g’risida tegishli vakillarga buyruq berganligini ma’lum qilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, ba’zi jinoyatlarda qo’li borligi aniqlangan politsiya xodimlarining hujjatlari birma-bir tekshiruvdan o’tkaziladi.

“Agar, yana shunday qiladigan bo’lsangiz, sizni haqiqatdan ham o’limga mahkum qilaman. Bundan buyon ustingizdan tekshiruv o’tkazadigan maxsus guruh tuziladi. Ozgina xatoyingizda o’lim hukmi berilishi uchun buyruq beraman”,-deb aytgan davlat rahbari.

Politsiya xodimlarining oilalariga ham murojaat qilgan Duterte: “Agar, bir kun kelib bu politsiyachilar o’lim jazosiga mahkum etiladigan bo’lsa inson huquqlari toptaldi deya bizga g’azablanmang! Chunki, men oldindan ogohlantirdim”,-dedi.

Ta’kidlanishicha, Filippinda ko’pchilik politsiya xodimlari qonunbuzarlik, tajovuz va giyohvand modda kontrabandasi kabi bir qator jinoyatlar bilan shug’ullanganlikda ayblanmoqda.

 



Aloqador xabarlar