Donald Tramp Shimoliy Koreya prezidentiga minnatdorlik bildirdi

1950-1953 yillardagi Koreya urushida halok bo’lgan amerikalik harbiylarning jasadi qoldiqlari AQShga yetib keldi.

1024526
Donald Tramp Shimoliy Koreya prezidentiga minnatdorlik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inga Koreya urushida halok bo'lgan amerikalik harbiylar hokining topshirilishi munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

1950-1953 yillardagi Koreya urushida halok bo’lgan amerikalik harbiylarning jasadi qoldiqlari AQShga yetib keldi.

Tramp bu haqda Twitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In, va’dangizda turganingiz va janglarda bedarak yo’qolgan bizning buyuk va sevimli insonlarimiz hoklarini topshirish jarayonini boshlaganingiz uchun rahmat! Siz bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutib qolaman!",-deb yozadi Tramp.

Koreya urushining to’xtatilganiga 65 yil to’lganligi munosabati bilan halok bo’lgan amerikalik harbiylarning jasadi qoldiqlari 27 iyulda Shimoliy Koreyaning Vonsan shahridagi Kalma aeroportidan Amerika harbiy yuk samolyotida Janubiy Koreyadagi AQShga oid Osan aviabazasiga keltirilgan edi.

Harbiylarning hoklari solingan konteynerlar ekspertiza o'tkazish va ularning shaxslarini aniqlash uchun AQSh mudofaa vazirligi laboratoriyasiga topshiriladi.   

Pentagonning ma`lumotiga ko'ra, Koreya urushida 36,6 ming amerikalik halok bo'lgan, ular orasida taxminan 7,7 ming kishi bedarak yo'qolgan deb hisoblanadi.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp 12 iyun kuni Singapurda Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In bilan uchrashgan edi.

Ikki yetakchi Koreya yârim orolini atom quroldan tozalash maqsadida AQSh bilan Shimoliy Koreya o’rtasida diplomatik muzokaralarni davom etish to’g’risida shartnoma imzolagan edi.

 



Aloqador xabarlar