Iroqning Basra shahrida namoyishlar avjiga chiqdi

Basra xavfsizlik boshqarmasida xizmat qilgan Jabbor al-Mansuriy bu haqda ma'lum qildi.

1012752
Iroqning Basra shahrida namoyishlar avjiga chiqdi

Iroqning Basra shahrida namoyishchilar Basra majlis binosiga bostirib kirdi.

Basra xavfsizlik boshqarmasida xizmat qilgan Jabbor al-Mansuriy bu haqda ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, o'nlab namoyishi hududdagi qattiq nazoratga qaramay, Basra majlis binosiga bostirib kirgan.

Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni uzoqlashtirish va bostirish uchun havoga o'q uzgan, lekin binoga kirishini to'xtatib qololmagan.

Davlat mulkini saqlab qolish uchun safarbar etilgan qo'shimcha xavfsizlik kuchi hududga yetib kelgan.

Xavfsizlik kuchlari bino oldiga namoyishchilar tomonidan qurilgan chodirlarni buzib tashlamoqda va bu shaklda namoyishchilarni hududdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Basra , #Iroq , #namoyish

Aloqador xabarlar