Vashington Demokratik Suriya kuchlariga yana qurol yubordi

Vashington Turkiyaning e’tirozlariga qaramay Demokratik Suriya kuchlariga yana qurol yubordi.

1009407
Vashington Demokratik Suriya kuchlariga yana qurol yubordi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashni Turkiyaning e’tirozlariga qaramay davom ettirgan Amerika boshqaruvi, Suriyaning shimolida o’rin olgan Haseke shahridagi tashkilot a’zolari tomonidan tashkil etilgan Demokratik Suriya kuchlariga yana 200 ta yuk tashuvchi mashinada qurol yubordi.   

Vashington bu orqali 200 mashina qurol, harbiy texnika va o'q-dorilarni Hasekega yetkazib berdi.

AQSh tomonidan berilgan qurollarning Iroq orqali Suriyaga, Demokratik Suriya kuchlari va Iroq chegara himoyachilari tomonidan nazorat qilingan Simalka chegara darvozasiga olib kelinganligi ma’lum qilinmoqda.

Demokratik Suriya kuchlari manbaalari yuborilgan qurollarni Hasekening janubida DEASh terror tashkilotiga qarshi davom etgan amaliyotlarda faydalanmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

AQSh, Demokratik Suriya kuchlariga shu yilning iyun oyida ham 250 ta yuk tashuvchi mashina orqali og’ir qurol va zirxli, “Hummer” rusumidagi vositalar yuborgan edi.

Oxirgi qo’llab-quvvatlash orqali AQSh Suriyaning ichki urushi boshlagan 2011-yildan beri Demokratik Suriya kuchlariga kamida 5000 mashina qurol yuborgan bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar