BMT: “Iordaniya chegarasidagi suriyalik muhojirlarning ko’pchiligi o’z uyiga qaytdi”.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iordaniya chegarasidagi suriyalik muhojirlarning ko’pchiligining o’z uy-joylariga qaytganligini ma’lum qildi.

1008920

BMTning Iordaniyadagi rezident-koordinatori va Gumanitar masalalar bo’yicha vakili Anders Pedersen Iordaniya poytaxti Ammanda Tashkilotining Qochqinlar bo’yicha Oliy komissarligining Iordaniyadagi rasmiy vakili Stefano Severe bilan uyushtirgan matbuot anjumanida, Iordaniya chegarasidagi suriyalik minglab muhojirdan ko’pchiligining o’z uy-joylariga va qishloqlariga qaytganligini belgilab o’tdi.

Chegarada faqatgina 150-200 muhojir qolganligini ifoda etgan Pedersan, Suriyaning janubidagi muhojirlardan esa bexabar ekanligini qayd etdi.

Pedersen shuningdek, Suriyadagi muhojirlarga gumanitar yordam yetkazib berish masalasida o’zlariga qulaylik ta’minlanishini talab qildi.

Aloqador xabarlar