Ganada sel falokati ro'y berdi

Sel falokatida 12 kishi halok bo’ldi.

1006035
Ganada sel falokati ro'y berdi

Gana Respublikasiga kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida sel keldi.

Sel falokatida 12 kishi halok bo’ldi.

Mahalliy tabiiy ofatlarni boshqarish tashkilotining Ashanti hududidagi vakolatxonasi rahbari Joseph Assuming bu haqda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Bosomtve shahrida ikki kundan buyon davom etayotgan yog’ingarchiliklar sel kelishiga sabab bo’lgan.

12 kishi selda nobud bo’lganligini ma’lum qilgan Assuming hududda bedarak yo’qolganlar borligini tilga oldi.

Qidiruv-qutqaruv mutahassislari taxminan 150 kishini qutqarishga muvaffaq bo’lgan. Sel falokati katta moddiy zararga sabab bo’lgan.

Ganada ikki hafta ichida ro’y bergan sel falokatlarida kamida 25 kishi halok bo’lgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gana , #sel , #falokat

Aloqador xabarlar