Yamandan otilgan raketa Saudiya Arabistonining Jazan viloyatiga tushdi

Saudiya Arabistoni rasmiy xabar agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Yamandan otilgan katyusha raketasi Jazan viloyati Mahule tumaniga tushgan va 5 yashar bolakay jarohatlangan.

1005298
Yamandan otilgan raketa Saudiya Arabistonining Jazan viloyatiga tushdi

Yamandan otilgan raketa Saudiya Arabistonining Jazan viloyatiga kelib tushdi. Buning oqibatida bir bola jarohatlandi.

Saudiya Arabistoni rasmiy xabar agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, mamlakat janubidagi Jazan xavfsizlik tashkiloti kotibi Yahyo al-Kahtaniy Yamandan otilgan katyusha raketasi Jazan viloyati Mahule tumaniga tushganligini va 5 yashar bolakay jarohatlanganligini ma’lum qilgan.

Yarador bola shifoxonaga yotkizilgan, uning ahvoli qanday ekanligi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatma: Bugungacha Yamandagi Husiylar tomonidan Saudiya Arabistoniga 150dan ortiq raketa otilgan. Bularning aksariyati yo’q qilingan, ba’zi raketalar esa mamlakat janubidagi hududlarga tushgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #raketa , #Saudiya Arabistoni , #Husiylar

Aloqador xabarlar