Isroil qo’shinida xizmat qilgan askarlarning aksariyati giyohvand modda iste’mol qiladi

Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2017 yilda Isroil askarlari orasida giyohvand modda iste’mol qilganlar soni 2009 yilga nisbatan 11 foiz ortish ko’rsatgan.

998357
Isroil qo’shinida xizmat qilgan askarlarning aksariyati giyohvand modda iste’mol qiladi

Isroil qo’shinida xizmat qilgan askarlarning aksariyati 2017 yilda kamida bir marta giyohvand modda iste’mol qilganligi aniqlandi.

Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi (IADA) tekshiruviga ko’ra, isroillik askarlar orasida giyohvand modda iste’mol qilish tobora avj olmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, 2017 yilda Isroil qo’shinida xizmat qilgan askarlarning 54.3 foizi kamida bir marta giyohvand modda iste’mol qilgan.

Oxirgi bir oy ichida giyohvand modda iste’mol qilgan askarlar nisbati 40 foizdan ko’p.

Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi 2017 yilda Isroil askarlari orasida giyohvand modda iste’mol qilganlar soni 2009 yilga nisbatan 11 foiz ortish ko’rsatganligiga diqqat qaratdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil qo'shini , #giyohvand modda , #askar , #IADA

Aloqador xabarlar