Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida 25 kishi halok bo'ldi

Gvatemalada tabiiy ofatlar agentligi direktori Sergio Garsia Kabanas ma’lum qilishicha, falokat mamlakatning 16,6 mlnlik aholisidan 1,7 mlniga ta’sir qilgan.

984946
Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida 25 kishi halok bo'ldi

Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi natijasida kamida 25 kishi halok bo'ldi. O’nlab inson jarohatlandi.

Poytaxt Gvatemala Cityga 40 km masofada joylashgan Fuego vulqoni harakatlana boshlagan. Vulqonning otilishi oqibatida har tomonga qoyalar, tuman va kul sochila boshlagan.

Mahalliy falokatni boshqarish tashkiloti ma’lum qilishicha, vulqon otilishi natijasida yuzaga kelgan lava Al Rodeo qishlog’idagi uylarga jiddiy ziyon yetkazgan va ko’plab insonlar jabrlangan.

Falokat oqibatida kamida 25 inson halok bo’lar ekan, bular orasida yosh bolalar va yordam tashkiloti xodimlari ham bor.

Mamlakat prezidenti Jimmy Morales: “Kamida uch hudud falokatdan katta zarar ko’rdi deb taxmin qilyabmiz”,-dedi.

U milliy shoshilinch tezkor vaziyat rejasi ishga solinganligini ma’lum qildi.

Vulqondan otilgan kullardan saqlanish uchun aholi niqob taqish uchun ogohlantirilmoqda.

Gvatemalada tabiiy ofatlar agentligi direktori Sergio Garsia Kabanas ma’lum qilishicha, falokat mamlakatning 16,6 mlnlik aholisidan 1,7 mlniga ta’sir qilgan.

Uning aytishicha, 3100 dan ko'proq aholi evakuatsiya qilingan. Falokat sodir bo’lgan hududda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gvatemala , #Fuego vulqoni , #falokat

Aloqador xabarlar