Yamandan Saudiya Arabistoniga otilgan raketa urib tushirildi

Yamanda Husiylar tomonidan Nejran shahriga otilgan ballistik raketa zenit raketa majmuasi vositasida urib tushirildi.

979019
Yamandan Saudiya Arabistoniga otilgan raketa urib tushirildi

Yamandan Saudiya Arabistoniga otilgan ballistik raketa Nejran shahrida zenit raketa majmuasi bilan urib tushirildi.

Saudiya Arabistonining Ihbariyya davlat telekanali bergan xabarga ko’ra, Yamanda Husiylar tomonidan Nejran shahriga otilgan ballistik raketa zenit raketa majmuasi vositasida urib tushirildi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya 2015 yilning mart oyidan beri amaldagi hukumatga tegishli kuchlarni qo’llab quvvatlamoqda. Shu sababli Saudiya Arabistonining turli hududlarini nishonga olgan Husiylar bugungacha jami 144 marta raketa otdi. Saudiya Arabistoni esa, bu kungacha 40 ta raketani urib tushirishga muvaffaq bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #Yaman , #Husiylar , #raketa

Aloqador xabarlar