Yamanda Husiylar tomonidan sodir etilgan hujumda 5 kishi halok bo’ldi

Husiy jangarilar tomonidan Marib viloyati Sarvah tumanidan otilgan katyusha raketasi tinch aholi gavjum yashaydigan mahallaga kelib tushdi.

976051
Yamanda Husiylar tomonidan sodir etilgan hujumda 5 kishi halok bo’ldi

Yaman sharqidagi Marib viloyatida Husiylar tomonidan sodir etilgan hujumda 5 kishi halok bo’ldi, 20 kishi yaralandi.

Marib xavfsizlik boshqarmasi vakillaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Husiy jangarilar tomonidan viloyat g’arbidagi Sarvah tumanidan otilgan katyusha raketasi tinch aholi gavjum yashaydigan mahallaga kelib tushgan.

Raketa hujumida mahalla aholisidan 5 kishi halok bo’lgan, 20 nafari yaralangan. Yaradorlarning ahvoli og’ir ekanligi hisobga olinganda qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda.

Eslatish joizki, Sarvah tumanidagi ko’chki tog’ining nazorati xozirda Husiylar qo’lida.

Qurolli jangarilar vaqti-vaqti bilan ushbu hududdan turib tinch aholi hududlari va harbiy zonalarga hujum qilmoqda.

Uzoq vaqtdan beri siyosiy notinchlik hukm surayotgan Yamanda hukumatni to’ntarmoqchi bo’lgan Husiylar 2014 yildan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini qo’lga olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya 2015 yilning mart oyidan beri amaldagi hukumatga tegishli kuchlarni qo’llab quvvatlamoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Husiylar , #Marib , #katyusha , #raketa

Aloqador xabarlar