Suriyada Rossiyaga tegishli Ka-52 harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Fojiada vertolyotni boshqarayotgan ikki uchuvchi halok bo'lgan.

966002
Suriyada Rossiyaga tegishli Ka-52 harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Suriyada Rossiyaga tegishli Ka-52 harbiy vertolyoti halokatga uchradi.

Fojiada vertolyotni boshqarayotgan ikki uchuvchi halok bo'lgan.

Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Suriyaning sharqiy hududlarida Rossiya qurolli kuchlarining rejaga ko'ra parvoz amalga oshirayotgan Ka-52 harbiy vertolyoti halokatga uchradi”,-deyiladi bayonotda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko'ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar