Turkiyada jon saqlagan suriyaliklar asta-sekin o’z yurtiga qaytmoqda

Suriyadagi ichki urush yuzasidan Turkiyada jon saqlagan oilalarning xavfsiz hududlarga qaytishi davom etmoqda.

955457
Turkiyada jon saqlagan suriyaliklar asta-sekin o’z yurtiga qaytmoqda

Hatayning Reyhanli tumanidagi Jilvego’zu chegara darvozasidan oxirgi 3.5 yil ichida qariyb 10 ming Suriya fuqarosi o’z yurtiga qaytdi.

Suriyadagi ichki urush yuzasidan Turkiyada jon saqlagan oilalarning xavfsiz hududlarga qaytishi davom etmoqda.

Turkiyaning turli viloyatlarida jon saqlagan suriyaliklar o’z yurtlariga qaytish uchun Hatayning Reyhanli tumaniga qarab yo’l olmoqda.

O’z yurtiga qaytish uchun Reyhanlidagi Jilvego’zu chegara darvozasidan foydalangan suriyalik oilalar, eng avvalo bojxona darvozasida kerakli ma’muriy ta’moyildan o’tmoqda.

Ortidan xavfsiz hududlar bilan 20-yanvarda boshlatilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti yordamida PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotidan qutqarilgan mintaqalarga qarab yo’l olmoqda.

Rasmiylardan olingan ma’lumotga ko’ra Jilvego’zu chegara darvozasidan 3.5 oyda 9 ming 880 Suriya fuqarosi o’z yurtiga qaytdi.



Aloqador xabarlar