Yaman chegarasida Saudiya Arabistoni qo'shinida xizmat qilgan 5 askar halok bo’ldi

Askarlarning o’lim sabablari va qachon o’lganligi haqida tafsilotli ma’lumot berilmadi.

942012
Yaman chegarasida Saudiya Arabistoni qo'shinida xizmat qilgan 5 askar halok bo’ldi

Yaman chegarasida Saudiya Arabistoni qo'shinida xizmat qilgan 5 askar halok bo’ldi.

Bu haqda Saudiya Arabistonining rasmiy xabar agentligi ma’lum qildi.

“Yaman chegarasidagi Jazan hududida xizmat jarayonida 5 askar halok bo’ldi”,-deyiladi xabarda.

Askarlarning o’lim sabablari va qachon o’lganligi haqida tafsilotli ma’lumot berilmadi.

Yamanda hukumatni to’ntarishga tashabbus qilib, 2014 yilning sentyabr oyidan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi hududlar nazoratini qo’lga olgan Husiylarga qarshi 2015 yilning mart oyidan beri Yaman hukumatining talabi bilan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari operatsiya olib bormoqda.

Husiylar Saudiya Arabistoni-Yaman chegarasidagi Nejran va Jazan hududlariga katyusha va boshqa turli rusumdagi raketalar bilan hujum qilmoqda.

Bu hujumlarning havo mudofaa tizimlari vositasida oldi olinishiga qaramay, chegara hududlaridagi viloyatlarda qurbonlar va aholining jabrlanishiga sabab bo’lmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #Yaman , #Husiylar , #hujum , #askar

Aloqador xabarlar