Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan ikkinchi muddatga takror saylandi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Li Ketsyanni Xitoy davlat kengashi raisi lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlash to’g’risidagi prezidentlik qarornomasini imzoladi.

932216
Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan ikkinchi muddatga takror saylandi

Xitoyning oliy qonunchilik organi Butunxitoy xalq vakillari yig'ini deputatlari Li Ketsyan nomzodini Xitoy davlat kengashi raisi lavozimiga ikkinchi muddatga ham tasdiqlashdi.

Uning nomzodi Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping tomonidan ilgari surilgandi.

Nomzod uchun yashirin ovoz berish jarayoni yakshanba kuni, Butunxitoy xalq vakillari yig'inining 13-chaqiriq, birinchi sessiyasi oltinchi yalpi yig'ilishida o'tkazildi.

2966 vakil qatnashgan ovozga qo’yish jarayonida Li Ketsyan 2964 ovoz olib takror ikkinchi muddatga bosh vazir etib saylandi.

So’ngra, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Li Ketsyanni Xitoy davlat kengashi raisi lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlash to’g’risidagi prezidentlik qarornomasini imzoladi.

Li Ketsyan Xitoy Xalq Respublikasi bosh vaziri lavozimiga ilk marta 2013 yilning mart oyida Butunxitoy xalq vakillari yig'ini 12-chaqirig'i sessiyasida tasdiqlangandi.

Xitoy Konstitutsiyasiga ko'ra, bosh vazir hukumatni 5 yillik ikki muddatda boshqarishi mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar